Mazkur bo`lim Vazirlar Mahkamasining «Yo’l-patrul xizmati xodimlarining yo’l harakati qatnashchilari bilan o’zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori asosida tuzildi.
Quyidagi holatlarda YPX xodimi haydovchi yoki yo’lovchilardan transport vositasining kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli:
- transport vositasining texnik nosozligi va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;
- haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo’lganda;
- transport vositasining dvigatel agregat va qismlari raqamlarini ro’yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan haydovchining bevosita ishtirokida solishtirish maqsadida;
- transport vositasi yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zaruriyati yuzaga kelganda;
- haydovchi yoki yo’lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda yoki uni transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish zaruriyati yuzaga kelganda;
- haydovchining transport vositasi kabinasida bo’lishi yo’l harakati xavfsizligini ta`minlashga tahdid solishi mumkin bo’lgan hollarda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va e`tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta`sirida, yo’l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo’lganda va b.).
- Jismoniy nuqsoni sababli haydovchining transport vositasi kabinasidan chiqish imkoniyati cheklangan holatlar bundan mustasno.