YPX xodimlari bilan Munosabat

17

Mazkur bo`lim Vazirlar Mahkamasining «Yo’l-patrul xizmati xodimlarining yo’l harakati qatnashchilari bilan o’zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori asosida tuzildi.

Yo’l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o’zaro munosabatlarda quyidagilarga majbur:

  • YPX xodimining qonuniy talablariga bo’ysunishi va ularni bajarish;
  • transport vositasini boshqarishda belgilangan hujjatlarni (transport vositasini qayd etish guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirish talonini, sug’urta polisi, yuk hujjatlari), shaxsini tasdiqlovchi (haydovchi transport vositasini haydovchilik guvohnomasisiz boshqargan hollarda)hujjatlarni YPX xodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etish;
  • o’zi guvohi bo’lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma`lumotni bayon qilish;
  • YPX xodimiga sovg’a, moddiy qimmatliklar taklif qilmasligi yoki boshqa shaklda manfaatdor etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmasligi;
  • mansab vakolatini suiiste`mol qilgan holda xizmat guvohnomasini ko’rsatmaslik (qonun hujjatlarida sodir etgan qoidabuzarligi uchun ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirishning alohida tartibi belgilangan shaxslar bundan mustasno);
  • yo’l harakatining boshqa qatnashchisi hamda YPX xodimi o’rtasidagi o’zaro munosabatga xalaqit bermasligi shart.
  • Yo’l harakati qatnashchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.