Vaqtinchalik yo’l belgilari

24

Quyidagi yo‘l belgilari vaqtincha yo‘l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo‘l belgilari sariq rangda bo‘ladi.

1.8. Svetofor tartibga soladi

Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar o’tish joyi yoki yo’l qismi.

1.15. Sirpanchiq yo’l

Yo’lning o’ta sirpanchiq bo’lgan qismi.

1.17. Tosh otilish xavfi

Mukammal qoplamali yo’l qismida transport vositasi g’ildiragi ostidan shag’al, tosh va shunga o’xshashlarning otilib chiqish ehtimoli.

1.18.Yo’lning torayishi

1.18.1 – ikki tomonlama torayish;

1.18.2 – o’nga torayish

1.18.3 – chapga torayish.

1.23. Ta’mirlash ishlari

1.30. Boshqa xavf-xatar

Ogohlanturuvchi belgilarda ko’zda tutilmagan xavf xatarlar bo’lgan yo’l qismi.

1.31.  Sun’iy yo’l notekisligi 

Yo’lning sun’iy notekislik o’rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to’g’risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo’llaniladi.

2.6. Ro’para harakatlanishning ustunligi

Qarama-qarshi harakatnalishni qiyinlashtiradigan hollarda yo’lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo’lning tor qismida bo’lgan yoki ro’paradan harakatlanayotgan transport vositasiga yo’l berishi kerak.

2.7. Ro’paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz

Yo’lning tor qismida harakatlanmoqchi bo’lgan haydovchi ro’paradan kelayotgan transport vositasidan oldin o’tish huquqiga ega.

3.1. Kirish taqiqlangan 

Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlangan

3.2. Harakatlanish taqiqlangan 

Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.11. Vazn cheklangan 

Haqiqiy umumiy vazni belgida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tizimlarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.12.O’qqa tushadigan og’irlik cheklanganBirorta o’qiga tushadigan haqiqiy og’irligi belgida ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.13. Cheklangan balandlik 

Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.14. Cheklangan kenglik 

Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.15. Cheklangan uzunlik  

Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan transport vositalari (transport vositalarining tizimlari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.

3.16. Eng kam oraliq 

Belgida ko’rsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.

3.18.1. O’ngga burilish taqiqlanadi

3.18.2. Chapga burilish taqiqlanadi

3.19. Qayrilish taqiqlanadi

3.20. Quvib o’tish taqiqlanadi 

Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o’tish taqiqlanadi.

3.22. Yuk avtomobillarida quvib o’tish taqiqlangan  To’la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo’gan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o’tish taqiqlanadi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno.

3.24. Yuqori tezlik cheklangan 

Belgida ko’rsatilgan ortiq tezlikda (km/soat) harakatlanish taqiqlanadi.