O`zbekiston Respublikasi sog`likni saqlash vazirining 2011 yil 22 iyundagi 178-son buyrug`iga ILOVA
Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish uchun transport vositasining salonida bo`lishi shart bo`lgan zarur tibbiy ashyolar ro`yxati:
Т/р | Tibbiy ashyolar nomi | Chiqarilgan shakli (o`lchami) | Miqdori, avtotransport kategotiyasiga ko`ra (dona) | ||
B
(М1) |
С
(N1, N2, N3) |
D
(М2, МЗ) |
|||
I. TASHQI QON KETISHINI VAQTINCHALIK TO`XTATISH VA JAROHATLARGA BOG`LAM KUYISH UCHUN | |||||
1. | Qon to`xtatuvchi jgut | 1 | 1 | 3 | |
2. | Nosteril tibbiy dokali bint | 5 m х 5 sm | 2 | 2 | 5 |
3. | Nosteril tibbiy dokali bint | 5 m х 10 sm | 2 | 2 | 5 |
4. | Nosteril tibbiy dokali bint | 7 m х 14 sm | 1 | 1 | 3 |
5. | Nosteril tibbiy dokali bint | 5 m х 7 sm | 2 | 2 | 5 |
6. | Steril tibbiy dokali bint | 5 m х 10 sm | 2 | 2 | 5 |
7. | Steril tibbiy dokali bint | 7 m х 14 sm | 1 | 1 | 5 |
8 i | Steril bog`lam uchun paket | 1 | 1 | 5 | |
9 | Steril tibbiy dokali salfetkalar (quti) | 16 sm х 14 sm dan kam bo`lmagan, N 10 | 1 | 1 | 3 |
10 | Bakteritsid leykoplastir | 4 sm х 10 sm dan kam булмаган | 2 | 2 | 5 |
11. | Bakteritsid leykoplastir | 1,9 sm х 7,2 sm dan kam bo`lmagan | 2 | 5 | 15 |
12 | Rulonli leykoplastir | 1 sm х 250 sm dan kam bo`lmagan | 1 | 1 | 3 |
II. YURAK-O`PKA REANIMATSIYASI VOSITALARI | |||||
1. | “Og`iz vosita og`iz” usulida suniy nafas o`tkazish uchun to`siq vositasi | 1 | 1 | 2 | |
III. BOSHQA VOSITALAR | |||||
1. | Ammiak eritmasi- 10% (nashatir spirti) | flakon | 1 | 1 | 2 |
2. | Qaychi | 1 | 1 | 2 | |
З. | Tibbiy qo`lqoplar (juft) | o`lchami “М” dan kam bo`lmagan | 1 | 1 | 5 |
4. | Tibbiyot qutichasi | 1 |
Izoh:
- Yaroqlilik muddati o`tgan va o`ramiga zarar yetgan dori vositalari hamda tibbiy ashyolarning qo`llanilishi taqiqlanadi.
- Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-son qarori (O`zbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari to`plami, 2000 y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.9-bandi talablariga muvofiq, tibbiyot qutichasi transport vositalarini ishlab chiqargan tashkilot tomonidan belgilangan joyga mustakam o`rnatiladi. Agar transport vositasining konstruksiyasida bunday joy ko`zda tutilmagan bo`lsa, tibbiyot kutichasi oson olinadigan joyda bo`lishi lozim.
- Ushbu ro`yxat O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Avtohalokatlarda birinchi tibbiy yordamni ko`rsatish maqsadida transport vositalarida dori qutisi (aptechka) bo`lishi shart. Unda quyidagilar bo`lishi ko`zda tutilgan:
- yurak sohasida og`riq sezilganda til ostiga quyish uchun validol tabletkasi.
- og`iz bo`shlig`i, tomoqni chayish uchun va jarohatni yuvish uchun permanganat kaliy kukuni (suv bilan eritmasi qizg`ish rangda) yoki furatsilin tabletkalari.
- xushdan ketganda, is gazi tutganda, o`z hushiga keltirish maqsadida 10% li ammiakning suvdagi eritmasi.
- jarohatlar atrofiga ishlov berish uchun 5% li spirtli yod eritmasi.
- arteriyada qon ketishida vaqtincha to`xtatish uchun jgut urami.
- kuyishdan keyin, kesilgan, tirnalgan joylarni berkitish uchun aseptik leykoplastir.