AVTOMOBIL HALOKATLARIDA QUYIDAGI HOLATLAR UCHRASHI MUMKIN
- Piyoda ketayotgan odamlar avtomobil chorraxalaridan o`tayotganda yoki ikki avtomashina to`qnashganda jarohat olishlari mumkin (to`g`ri yoki yon tomondan kuchli zarba, yo‘lga yiqilib tushish va hokazo)
- Avtomobil ichidagi odamlar (masalan, inersion kuch bilan — haydovchi boshining birdan orqaga ketishi, avtomobil saloni ichida urib olish hollari va hokazo);
- Jarohatlanuvchining yuzi, burni shikastlanish tufayli qon ketishi; ko‘p qon ketishi, og‘riq esa shok holatiga tushirishi;
- Bosh chanog‘i suyaklarining shikastlanishi, shu jumladan asos suyaklarining sinishi, quloqdan, burundan qon ketishi, ko‘z atrofida ko‘zoynak belgisining rivojlanishi;
- Bosh miya chaykalishi va lat yeyishi esa hushdan ketish, ko‘ngil aynishi, qusishi va boshqa belgilarda namoyon bo‘lishi;
- Umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismining shikastlanishi bemor qo‘l va oyoqlarida sezgi va harakatning yo‘qolishiga olib kelishi;
- Haydovchi (avtomobil) rul chambaragiga qattiq urilishi natijasida to‘sh suyagi, qovurg‘alarining shikastlanishi holatlari uchrashi mumkin.