Birinchi tibbiy yordam qanday ko’rsatiladi?

23

TIBBIY SARALASHNI QANDAY QILIB O`TKAZISH MUMKIN?

  • Shikastlanuvchida hayot uchun xavfli jarohati bor yoki yo`qligi aniqlanadi;
  • Agar shikastlangan behush holatda bo`lsa, saralash “o`likmi-tirikmi” degan qoida bilan boshlanadi;
  • Fojia yuz bergan joyda o`lim kuzatilsa,u holda ko`proq bosh miya va ko`krak qafasi jarohati to`g`risida o`ylash kerak;
  • ko`krak qafasining og`ir shikastlanishida ko`krak qafasi deformatsiyasini ba`zida ko`z bilan ko`rish yoki har holda qo`l bilan ushlab qovurg`alarming qimirlayotganini qo`pol suyaklar g`ichirlashi borligidan bilish mumkin;
  • bosh chanog`ining o`ir jarohatlarida quloq va burun teshigidan qon ketishi, ko`krak qafasi og`ir shikastlanganda qon burundan va og`izdan oqishi mumkin;
  • teri qoplamalari rangi oqargan yoki ko`kargan, qorachiqlar kengaygan bo`lib, yorug`likda o`zgarmaydi. Qon tomirlar pulsatsiyasi (urishi) qo`lda ham, bo`ynida ham aniqlanmaydi, yurak urishi sezilmaydi. Nafasi to`liq to`xtaganlinini bemorning og`ziga yaqinlashtirilgan oyna bo`lakchasini terlaganligi aniqlab beradi.

 

BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH KETMA-KETLIGI

  • Bemorda nafas olish jarayoni buzilgan taqdirda og`iz bo`shligini ko`rish kerak, yopiq bo`lsa
    qo`l bilan salfetka yoki ro`molcha yordamida tozalash lozim;
  • agar arterial qon ketish hollari kuzatilsa, o`sha tomirning yuqori qismidan bosib turish yo`li bilan qonni to`xtatib, keyin jgut kabi qon to`xtatuvchi vositalardan foydalanish mumkin.
  • bemorda suyak sinishlari to`lik inkor etilmaguncha yurishga ruxsat berish kerak emas;
  • qo`shimcha jarohatlardan holi bo`lish uchun bemorning kiyimlariga tegish kerak emas, faqatgina nafas qisilishi kabi xolatlarda yoqasini va belini bo`shatish, zarur holatda kiyimini yirtish zarur yoki qisman yechiladi;
  • bemor tekis joyga yotqizilgach, yana bir marta nafas yo`llarining o`tkazuvchanligi tekshirilib, tili orqaga tushib qolgan bo`lsa, uni salfetka bilan ushlab o`ziga tortiladi;
  • agar umurtqaning bo`yin qismi sinmagan bo`lsa, uni yoniga burish mumkin;
  • nafas olishning qayta to`xtab qolishi oldini olib, bemorni yonboshlatib yotkiziladi;
  • nafas olish tiklanmasa sun’iy nafas beriladi. Buning uchun bemorning boshini orqaga
    bukib, nafas yo`llaridan havo o`tishi osonlashtiriladi;
  • ko`krak kafasining ochiq jarohati bo`lsa va u orqali havo kirayotgan bo`lsa, darxol uni steril salfetka yoki tozaroq mato yoki hech narsa bo`lmasa kaft bilan yopish lozim;
  • jarohatlanuvchida hayot uchun xavfli tashqi venoz qon (to`q qizil rangda) ketishi bo`lganda uni to`xtatish kerak. Buning uchun ko`pincha dastlab steril, so`ng bosuvchi bog`lam qo`yiladi.
  • arterial qon ketishda (och qizil pushti rangda) jgut qo`yish qoidasidan foydalangan xolatda yoki tomirni bosuvchi boshqa usullar qo`llaniladi.

QON KETISHDA BIRINChI TIBBIY YORDAM KO`RSATISH

 

 

  • Qon tomirlar shikastlanganda arterial, venoz va parenximatoz oqishlar tafovut qilinadi. Agar qon jarohatdan tashqariga oqayotgan bo`lsa, buni tashqi qon oqish deb ataladi, agar qon jarohatlangan tomirdan to`qimaga, ichki organlarga – ko`krak yoki qorin bo`shlig`iga oqayotgan bo`lsa, u holda buni ichki qon oqish deyiladi.
  • Arterial qon oqishini to`xtatish hammaning qo`lidan keladigan eng oson va tezkor usul bo`lib, jarohatlangan joy teparog`idan arteriyani barmoq bilan bosib turishdir. Arteriya suyak yoniga yaqin joydan yoki uning ustidan o`tgan bo`lsa, uni bosib turish juda oson bo`ladi;
  • arteriyalarni barmoq bilan bosish ko‘p kuch  sarflashni talab etadi va bu tadbirni hatto jismonan kuchli va chiniqqan kishi ham 15- 2 daqiqadan ortiq bajara olmaydi;
  • jgut (buragich) qo‘l va oyoqning yirik arterial tomirlari shikastlanganda qon oqishini vaqtincha to‘xtatishini asosiy usulidir. Jgut son, yelka (bir suyagi bor joyga) qo‘yiladi;
  • jgut qon oqayotgan joydan 15 sm yuqoridan jarohat yaqinidagi terini siqib qo‘ymaslik uchun kiyim yoki yumshoq bint ustidan bog‘lanadi;
  • jgut bog‘langandan so‘ng biriktirilgan qog‘ozga kuni,soati va daqiqasi yoziladi, qog‘oz jgut ostiga ko‘rinib turadigan qilib qistirib qo‘yiladi;
  • jgut qish mavsumida 1 soatga , yozda esa 1,5-2 soatga qo‘yiladi.Jgut qo‘yilgandan so‘ng 2 soat o‘tgan hollarda arteriyani barmoq bilan bosish, jgutni asta sekin pulsni hisoblab turib 5-10 daqiqaga bo`shatish va uni avvalgi joyining yuqorirog`idan yana qo`yish lozim;
  • jgut bo`lmaganda arteriyadan qon oqishida buragich qo`yish yoki qo`l- oyoqni maksimal bukishva uni shu vaziyatda bog`lash yo`li bilan to`xtatish mumkin;
  • venadan qon oqishini bosib turadigan steril bog`lov qo`yish va gavdaning shikastlangan qismini baland ko`tarib qo`yish bilan to`xtatiladi.  

 

NAFAS VA YURAK TO‘XTAGANDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM KO`RSATISH
CHORA – TADBIRLARI:

 

  • bemor chalqancha yotqizilishi va shu bilan til asosini nafas olish yo‘llaridan chetlatishga erishiladi;
  • havoni burun orqali tashqariga chiqib ketmasligining oldini olish maqsadida bemorning burnini qisib, og‘zidan havo yuboriladi;
  • yuborilayotgan nafas o‘rtasidagi vaqt 5 soniyani tashkil etadi, ya’ni 1 daqiqada 12 martani tashkil etadi. Yuqorida qayd etilgan qoidaga rioya qilinishi shart, chunki qilinayotgan muolajalar tabiiy nafas ko‘nikmasini hosil qilishdan iboratdir;
  • nafas oldirish vaqtidagi yuzaga keladigan me’da usti sohasidagi shishning paydo bo‘lishi yuborila- 3
    yotgan havoning me’daga ketayotgashshgidan dalolat beradi;
  • yurak massajini bajarishdan oldin, bemorning istalgan tomonidan ko‘krak to‘sh suyagini 5-qovurg‘a birikadigan joydan kaftlarini bir-biriga qo‘yib bosim orqali massaj bajariladi;
  • qilinayotgan muolajalarning to`g`ri bajarilayotganligi, uyqu arteriyasida to`lqinsimon pulsning paydo bo`lishi bilan ifodalanadi.

Diqqat!!!

  • Agarda, tiriltirishni 1 kishi bajarayotgan bo`lsa, 2 ta nafasdan so`ng 15 marotabagacha bosim muolajalarini qilish kerak.
  • Agarda, tiriltirish muolajalarini 2 kishi bajarayotgan bo‘lsa o‘pkani ventilyatsiyasi va massaj muolajalarining bir-biriga solishtirmasi 1:5 nisbatida bajariladi.
  • Uyqu arteriyasida aniq tomir urishi tiklangandan so‘ng yurak massaji to‘xtatilib, nafas olish to‘liq tiklanguncha sun’iy nafas oldirish davom etilishi shart.

Yuqorida qayd etilgan tashqi yurak massaji o‘z o‘zidan yordam bera olmaydi, agarda
qilinayotgan muolajalar sun’iy nafas muolajalari bilan birgalikda olib borilmasa befoyda hisoblanadi.

 

YODDA TUTING!!! JAROHATLANGAN SHAXSGA O`Z VAQTIDA TO`G`RI VA SIFATLI KO`RSATLGAN SHOSHILINCH BIRINCHI TIBBIY YORDAM BEMOR HAYOTINI SAQLAB QOLADI!