Oʻzbekiston avtomobil raqamlari

37

Oʻzbekiston avtomobil raqamlari — avtomobillar, avtobuslar traktorlar, tirkama, oʻziyurarlar, pritseplarni qayd etish uchun davlat belgilaridir. Davlat raqamlarini berish va nazorat qilish ishlari IIV, Mudofaa vazirligi, MXX va Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Raqamlar yuqori texnologoyalar asosida chiqarilgan boʻlib, yorugʻlik qaytaradigan qatlam va korroziyaga hamda qalbakilashtirishga qarshi xususiyatga ega.

Tip I — Yuridik shaxslarga beriladigan raqamlar.

Tip IA — Tip I shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip II — Davlat hokimiyatining yuqori organlari xodimlariga beriladigan davlat raqamlari.

Tip IIA — Tip II shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip III — jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan raqamlar.

Tip IIIA — Tip III shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip IV — chet davlatlar diplomatic vakolatxonalari, elchixonalar rahbarlarining transportlariga beriladigan davlat raqamlari.

Tip VA  — Tip IV shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip V — xorijiy davlatlar elchixonalari, konsullik idoralari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari.

Tip VA  — Tip V shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip VI — BMT va uning tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari. 

Tip VIA — Tip VI shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip VII — Chet davlatlar diplomatic vakolatxonalarining texnik-taʼminot xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari.


Tip VIIA — Tip VII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip VIII — Savdo vakolatxonalari, konsulliklar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari.

 

Tip VIIIA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip IX — Xalqaro nodavlat tashkilotlar, birlashmalar, banklar, firmalar, korrespondentlik ofislari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqqamlari.

  

Tip IXA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip X —Fuqaroligi chet davlatga tegishli boʻlgan shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari.

Tip XA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Tip XI — mototsikllar va motorollerlarga beriladigan davlat raqamlari.

Tip XII — yuk mashinalari va avtomobillarining tirkamasiga beriladigan ikki qatorli davlat raqamlari.

Tip XIII — yoʻl harakatida vaqtincha qatnashish uchun beriladigan davlat raqami.

Tip XIIIA — Tip XIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Harbiy qoʻshinlar boʻlinmalari transport vositalariga beriladigan davlat raqamlariIIV, Mudofaa vazirligi, MXX tarkibidagi qoʻshin boʻlinmalariga beriladigan davlat raqamlari 1998-yilgi namuna boʻyicha chiqariladi.