Qo’shimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qo’llangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning ta’sirini cheklash uchun qo’llaniladi.
7.1.1. Manzilgacha bo’lgan masofa Belgilangan yo’lning xavfli joyigacha bo’lgan masofani, yo’l harakatiga tegishli cheklovlar kiritilgan joyni yoki harakat yo’nalishi bo’yicha oldindagi muayan joyni ko’rsatadi. | ![]() 7.1.1 |
7.1.2. Manzilgacha bo’lgan masofa Chorraha oldida 2.5 belgisi o’rnatilgan bo’lsa, 2.4 belgisidan chorrahagacha bo’lgan masofani ko’rsatadi. | ![]() 7.1.2 |
7.1.3, 7.1.4. Manzilgacha bo’lgan masofa Yo’ldan manzilgacha bo’lgan masofa. | ![]() 7.1.3 |
![]() 7.1.4 |
|
7.2.1 Ta’sir oralig’iOgohlantiruvchi, buyuruvchi, axborot-ishora belgilarining ta’sir oralig’ini ko’rsatadi. | ![]() 7.2.1 |
7.2.2.-7.2.6 Ta’sir oralig’i Bu belgilar faqat taqiqlovchi 3.27–3.30 belgilari bilan qo’llaniladi. | |
7.2.2. – Belgining ta’siri saqlangan oraliqni ko’rsatadi. | ![]() 7.2.2 |
7.2.3. – Belgi ta’sir oralig’i oxirini ko’rsatadi. | ![]() 7.2.3 |
7.2.4. – Haydovchilarga belgi ta’sirida ekanliklari haqida ma’lumot beradi. | ![]() 7.2.4 |
7.2.5. -7.2.6. Maydon, binolar oldi va shunga o’xshash joylar chetida to’xtash va to’xtab turish taqiqlanganda belgining ta’sir oralig’i va yo’nalishni ko’rsatadi | ![]() 7.2.5 |
![]() 7.2.6 |
|
7.3.1. -7.3.3. Ta’sir yo’nalishlari Chorraha oldida o’rnatilgan belgilarning ta’sir yo’nalishini ko’rsatadi. |
7.3.1 |
![]() 7.3.2 |
|
![]() 7.3.3 |
|
7.4.1 – 7.4.10. Transport vositasining turi Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini ko’rsatadi.7.4.1 qo’shimcha belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to’la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo’lgan transport vositalariga,
7.4.3 qo’shimcha belgisi esa yengil avtomobillarga, 7.4.9 elektromobillarga, 7.4.10 yo’nalishsiz taksilarga, |
![]() 7.4.1 |
![]() 7.4.2 |
|
![]() 7.4.3 |
|
![]() 7.4.4 |
|
![]() 7.4.5 |
|
![]() 7.4.6 |
|
![]() 7.4.7 |
|
![]() 7.4.8 |
|
![]() 7.4.9 |
|
![]() 7.4.10 |
|
7.5.1. Shanba, yakshanba va bayram kunlari | ![]() 7.5.1 |
7.5.2. Ish kunlari | ![]() 7.5.2 |
7.5.3. Hafta kunlari Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilishi ko’rsatilgan. | ![]() 7.5.3 |
7.5.4. Amal qilish vaqti Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko’rsatadi. | ![]() 7.5.4 |
7.5.5 – 7.5.7. Amal qilish vaqt Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko’rsatadi. | ![]() 7.5.5 |
![]() 7.5.6 |
|
![]() 7.5.7 |
|
7.6.1 – 7.6.9. Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli . Barcha turdagi transport vositalarini to’xtab turish uchun yo’lning qatnov qismida, piyodalar yo’lkasi yoniga qo’yish usuli.Piyodalar yo’lkasi yonidagi to’xtab turish joyiga engil avtomobillar va mototsikllarni qanday qo’yish usuli ko’rsatilgan. | ![]() 7.6.1 |
![]() 7.6.2 |
|
![]() 7.6.3 |
|
![]() 7.6.4 |
|
![]() 7.6.5 |
|
![]() 7.6.6 |
|
![]() 7.6.7 |
|
![]() 7.6.8 |
|
![]() 7.6.9 |
|
7.7. Yurgizgichni ishlatmasdan to’xtab turish joyi 5.15 belgisi bilan birgalikda qo’llanganda, to’xtab turish joyida faqat yurgizgichi ishlamayotgan transport vositalariga to’xtab turishiga ruxsat etilganini bildiradi. | ![]() 7.7 |
7.8. Pullik xizmat ko’rsatish joyi Naqd pulga xizmat ko’rsatilishini bildiradi. | ![]() 7.8 |
7.9. To’xtab turish muddati cheklangan 5.15 belgisi o’rnatilgan to’xtab turish joyida transport vositalari to’xtab turishining eng ko’p muddatini ko’rsatadi. | ![]() 7.9 |
7.10. Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish joyi 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan ko’rsatilgan maydonlarda estakada yoki ko’zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi. | ![]() 7.10 |
7.11. To’la vazni cheklangan To’la vazni qo’shimcha belgida ko’rsatilgan miqdordan ortiq bo’lgan transport vositalariga taaluqli. | ![]() 7.11 |
7.12. Xavfli yo’l yoqasi Yo’l ishlari bajarilayotgani sababli yo’l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogoxlantiradi, 1.23 belgisi bilan qo’llaniladi. | ![]() 7.12 |
7.13. Asosiy yo’lning yo’nalishi Chorrahada asosiy yo’lning yo’nalishini ko’rsatadi. | ![]() |
![]() |
|
![]() |
|
![]() |
|
![]() |
|
![]() 7.13 |
|
7.14. Harakatlanish bo’lagi Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish bo’lagini ko’rsatadi. | ![]() 7.14 |
7.15. Ko’zi ojiz piyodalar 1.20, 5.16.1, 5.16.2< belgilari hamda svetofor bilan qo’llaniladi, piyodalar o’tish joyidan ko’zi ojiz kishilar foydalanishi haqida ogohlantiradi. | ![]() 7.15 |
7.16. Nam qoplam Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo’lgan vaqtda ta’sir etishini ko’rsatadi. | ![]() 7.16 |
7.17. Nogironlar 5.15 belgisi bilan qo’llaniladi. To’xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq Nogiron taniqliq belgisi o’rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko’rsatadi. | ![]() 7.17 |
7.18. Nogironlar mustasno Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq Nogiron taniqliq belgisi o’rnatilgan transport vositalariga va motokajavalarga joriy etilmaydi. | ![]() 7.18 |
7.19. “Foto va video qayd etish”. Yo’l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, ta’qiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo’llaniladi. | ![]() 7.19 |
7.20. Xavfli yuk toifasi Xavfli yuk toifasining (toifalarning) raqamini ko’rsatadi |
![]() 7.20 |
7.21. Evakuator ishlamoqda 3.27-3.30 yo’l belgilari ta’sir oralig’ida to’xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko’rsatadi |
![]() 7.21 |
7.22.1, 7.22.2 va 7.22.3 To’siq Haydovchilarga to’siqning uzoqdan ko’rinishini ta’minlash maqsadida o’rnatiladi |
![]() 7.22.1 |
![]() 7.22.2 |
|
![]() 7.22.3 |
|
7.23. Navbat bilan o’tish | ![]() 7.23.1 |
![]() 7.23.2 |
|
![]() 7.23.3 |
|
7.24. Transport vositasinng davlat raqami | ![]() 7.24 |
7.25. Faqat xizmat avtomobillari | ![]() 7.25 |
7.26. Sun’iy notekislik |
![]() 7.26 |
Qo‘shimcha-axborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 – 7.2.4, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgilari qatnov qismining, yo‘l yoqasining, trotuarning tepasiga o‘rnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi.
Vaqtinchalik (ko‘chma tirgakdagi) va doimiy belgilari ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o‘rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
1.8, 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1-1.18-3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11-3.16, 3.18.1-3.18.25 yo’l belgilari vaqtincha yo’l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo’l belgilari sariq rangda bo’ladi.