128. Yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to‘siq bo‘lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak.
129. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 yo‘l belgisi o‘rnatilgan yo‘lda to‘xtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalari o‘z harakatini to‘xtatish uchun 5.40 yo‘l belgisi bilan belgilangan avariyali holatlar uchun mo‘ljallangan yo‘lga kirishlari shart.
130. Yo‘lning 1.13 yo‘l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ishlash (ssepleniye) tishlashish mexanizmi ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.