Tik chiziqlar
Tik chiziqlar – yo’l inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yo’l-yo’l oq-qora chiziqlar majmuisidan iborat bo’lib, ularning o’lchamlarini ko’rsatishda, ko’z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
2.1 – harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug’diradigan yo’l inshootlarining tik elementlari (ko’priklar va osma yo’llar, ustunlar va h.k.)ni bildiradi. |
![]() ![]() ![]() 2.1 |
2.2 – tonnellar, ko’priklar, osma yo’l va ko’priklarning pastki qirrasini bildiradi. | ![]() 2.2 |
2.3 – ajratish bo’laklaridagi yoki xavfsizlik orolchalari”dagi dumaloq ustunlarni bildiradi. | ![]() 2.3 |
2.4 – yo’naltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, to’siq tirgaklar va hokazolarni bildiradi. | ![]() 2.4 |
2.5 – yo’lning kichik radiusli bo’rilishlari, tik nishabliklari va boshqa xavfli joylarida yo’l chetiga o’rnatilgan to’siqlarning yon yuzalarini bildiradi. | ![]() 2.5 |
2.6 – boshqa joylardagi to’siqlarning yon yuzalarini bildiradi. |
|
2.7 – yo’lning xavfli joylarida uning chetidagi to’siqni (bordyurni) va yo’l sathidan baland bo’lgan xavfsizlik orolchalari chetini bildiradi. | ![]() 2.7 |