Ogohlantiruvchi belgilar yo’l harakati qatnashchilariga yo’lning harakatlanishda vaziyatga qarab chora ko’rishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari to’g’risida ma’lumot berish uchun qo’llaniladi.
1.1. Shlagbaumli temir yo’l kesishmasi | ![]() 1.1 |
1.2. Shlagbaumsiz temir yo’l kesishmasi | ![]() 1.2 |
1.3.1. Bir izli temir yo’l | ![]() 1.3.1 |
1.3.2. Ko’p izli temir yo’l Shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo’l kesishmasi oldida o’rnatiladi. 1.3.1 – bir izli yo’l, 1.3.2 – ikki va undan ortiq izli yo’l. | ![]() 1.3.2 |
1.4. Temir yo’l kesishmasiga yaqinlashuv Aholi yashamaydigan joylarda temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida qoshimcha ogohlantirish. 1.4.1 – 1.4.3 belgilari yo’lning o’ng tomoniga 1.4.4 – 1.4.6 belgilari yo’lning chap tomoniga o’rnatiladi. | ![]() 1.4.1 1.4.2 1.4.3 |
1.4.4 1.4.5 1.4.6 |
1.5.Tramvay yo’li bilan kesishuv | ![]() 1.5 |
1.6. Teng ahamiyatli yo’llar kesishuvi | ![]() 1.6 |
1.7. Aylanma harakatlanish bilan kesishuv | ![]() 1.7 |
1.8. Svetofor tartibga soladi Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar o’tish joyi yoki yo’l qismi. | ![]() 1.8 |
1.9. Ko’tarma ko’prik Ko’tarma ko’prik yoki solda kesib o’tish. | ![]() 1.9 |
1.10. Sohilga chiqish Daryo oyki suv havzasi qirg’og’iga chiqish. | ![]() 1.10 |
1.11. Xavfli burilish Yo’lning kichik radiusli yoki ko’rinish cheklangan burilish joyi: 1.11.1 – o’nga, 1.11.2 – chapga. |
![]() 1.11.1 |
![]() 1.11.2 |
1.12. Xavfli burilishlar Yo’lning havfli burilishlari bo’lgan qismi. 1.12.1 – birinchi burilish o’nga, 1.12.2 – birinchi burilish chapga. |
![]() 1.12.1 |
![]() 1.12.2 |
1.13. Tik nishablik | ![]() 1.13 |
1.14. Tik balandlik | ![]() 1.14 |
1.15. Sirpanchiq yo’l Yo’lning o’ta sirpanchiq bo’lgan qismi. | ![]() 1.15 |
1.16. Notekis yo’l Qatnov qismi notekis bo’lgan yo’l (o’nqir-cho’nqir, o’ydim-chuqur joylar, ko’prikning yo’lga notekis tutashuvi va shu kabilar). | ![]() 1.16 |
1.17. Tosh otilish xavfi Mukammal qoplamali yo’l qismida transport vositasi g’ildiragi ostidan shag’al, tosh va shunga o’xshashlarning otilib chiqish ehtimoli. |
![]() 1.17 |
1.18.Yo’lning torayishi 1.18.1 – ikki tomonlama torayish; 1.18.2 – o’nga torayish va 1.18.3 – chapga torayish. |
![]() 1.18.1 1.18.2 1.18.3
|
1.19. Ikki tomonlama harakatlanish Yo’lning qarama-qarshi harakatlanish qismining boshlanishi. | ![]() 1.19 |
1.20. Piyodalar o’tish joyi 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 – 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o’tish joyi. | ![]() 1.20 |
1.21. Bolalar Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish manzillari va shunga o’xshashlar)ga yaqin yo’lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimoli. | ![]() 1.21 |
1.22. Velosiped yo’lkasi bilan kesishuv | ![]() 1.22 |
1.23. Ta’mirlash ishlari | ![]() 1.23 |
1.24. Mol haydab o’tish | ![]() 1.24 |
1.25. Yovvoyi hayvonlar | ![]() 1.25 |
1.26. Toshlar tushishi |
1.26 |
1.27. Yonlama shamol | ![]() 1.27 |
1.28. Pastlab uchuvchi samolyotlar | ![]() 1.28 |
1.29. Tonnel Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kiraverishning peshtog’ining ko’rinishi cheklangan tonnel. | ![]() 1.29 |
1.30. Boshqa xavf-xatar Ogohlanturuvchi belgilarda ko’zda tutilmagan xavf xatarlar bo’lgan yo’l qismi. | ![]() 1.30 |
1.31. Sun’iy yo’l notekisligi Yo’lning sun’iy notekislik o’rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to’g’risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo’llaniladi. |
![]() 1.31 |
1.31.1, 1.31.2 Burilishning yo’nalishi Kichik radiusda qurilgan, ko’rinishi cheklangan yo’lda harakatlanish yo’nalishi. Yo’lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o’tish yo’nalishi. |
1.31.1 1.31.2 |
1.31.3. Burilishning yo’nalishi T simon chorrahada yoki yo’l ayrilishlarida harakatlanish yo’nalishi. Yo’lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o’tish yo’nalishi. |
1.31.3 |
1.32. “Tirbandlik”. Ushbu yo‘l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati bo‘lgan joyga o‘rnatiladi. |
![]() 1.32 |
1.33. Qatnov qismi kesishmasi hududi 1.30 yotiq chizig’i bilan belgilangan chorrahaga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi yufayli majburiy to’xtab, ko’ndalang yo’nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to’sqinlik tug’diradigan bo’lsa, chorrahaga kirish, agar to’xtash chizig’i yoki 5.33 yo’l belgisidan o’tib bo’lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanishini bildiradi. |
![]() 1.33 |
1.34 Diqqat boshqariladigan to’siq Ushbu yo’l belgisi boshqariladigan to’suvchi qurilmasiga yetmasdan o’rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to’suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi |
![]() 1.34 |
1.35 Piyodalarning yo’l yoqasida yurishi mumkin bo’lgan hudud |
![]() 1.35 |
1.1, 1.2, 1.5 – 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 – 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 – 300 metr oldin o‘rnatiladi. Zaruriyat bo‘lganda bu belgilar 7.1.1 qo‘shimcha-axborot belgisida ko‘rsatilgan boshqa masofada ham o‘rnatilishi mumkin.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o‘rnatilishi mumkin.
Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yo‘lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o‘rnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10 – 15 metr masofa yetmasdan (7.11 qo‘shimcha-axborot belgisisiz) o‘rnatilishi mumkin.
1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo‘l kesishmasining oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi.